VILOYAT RAHBARI NAVBAHORDAGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunovning Navbahor tumaniga tashrifi "O‘zbekiston” mahallasidagi "Navbahor Agro Limon" issiqxonasi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi.
Ushbu issiqxona gidroponika usulida o‘z faoliyatini olib boradi, tayyorlangan mahsulot eksport qilish salohiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, viloyat rahbari "O‘zbekiston” mahallasi hududidagi "Kamalak bolalar oromgohi"da bo‘ldi. Ushbu oromgoh bugungi kunda o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lib, oromgoh joylashgan manzilda yangi loyihalar, tadbirkorlik hamda aholiga servis xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida turli loyihalar tashkil etish muhimligi ta'kidlab o'tildi.
Keyingi manzil "Qorovultepa” mahallasidagi "Bright Navoiy textile" ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, ushbu korxonada paxta xomashyosidan ip kalava mahsulotlari ishlab chiqariladi va eksport qilinadi.

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.