Koʻrgazmali mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Navbahor tuman Beshrabot mahallasi hududidagi "MENGI TEXTIL GROUP" MChJ korxonasida tumanda "Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar, yoshlar, ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash maqsadida tuman hokimligi tashabbusi bilan aholi bandligiga ko`maklashish markazi hamkorligida koʻrgazmali yarmarka tashkil etildi.
Yarmarkaga "MENGI TEXTIL GROUP" MChJ dagi 130 ta boʻsh ish oʻrinlariga ishga qabul qilish yuzasidan yarmarka qatnashgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlarni korxona faoliyati va shart-shoroitlari bilan yaqindan tanishtirib, quyidagi boʻsh ish oʻrinlari yoʻnalishlari boʻyicha ishchi kuchiga bulgan talabi boʻyicha maʼlumot berdi (Tikuvchilik, yuklovchilar, qadoqlovchi, bichish va boʻyoqlash boʻlimi). Mehnat yarmarkasini tuman hokimi A.Oʻroqov ochib berib tadbirda bandlik, tadbirokorlik faoliyati boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar, imkoniyatlari toʻgʻrisida tushunchalar berib oʻtidilar.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.