Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani olish uchun FHDYOga borish shart emas

Xabaringiz bor, 2023 yil 1 yanvardan Toshkent shahrida tug‘ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali FHDYO bo‘limlarida qayd etish tartibi joriy etilgan.
Endilikda bola tug‘ilishi bilan tibbiyot muassasasi u va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni, jumladan, bola ro‘yxatga qo‘yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo‘limi, navbatga qo‘yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDYO bo‘limiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDYO bo‘limi tug‘ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasalari ma’lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi. 
Ushbu ma’lumotnoma tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDYO bo‘limlari tomonidan  eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beriladi.
Otalik belgilash va yolg‘iz ona arizasiga asosan tug‘ilishni qayd etishda hamda topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilishini qayd etishda bevosita FHDYO bo‘limiga murojaat qilinishi lozim.
Ma’lumot uchun: mazkur tartib 2023 yil 1 iyundan butun respublika hududida joriy etilishi belgilangan.

Navbahor FHDYO bo‘limi mudirasi Y.Aralova

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.