Markaziy poliklinikalar tarkibida ftiziopulmonologiya bo‘limlari tashkil etiladi

"2023–2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–12-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi
Qarorga ko‘ra:
tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar tarkibidagi ftiziatriya bo‘limlari va xonalari negizida ftiziopulmonologiya bo‘limlari tashkil etiladi;
viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlaridagi bosh pulmonolog shtatlari hududdagi ftiziatriya va pulmonologiya markazlariga o‘tkaziladi;
tungi uyqu sifati va nafas olish funksiyasi buzilishlarini tashxislash va davolash maqsadida "Uyqu apnoe” markazlari tashkil qilinadi.
2023 yildan har yili:
latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari soni 1 million nafargacha;
latent tuberkulyoz infeksiyasiga chalingan shaxslarni davolash qamrovi 21 ming nafargacha;
tuberkulyoz mikobakteriyasini bir vaqtning o‘zida 1- va 2-qator tuberkulyozga qarshi dori vositalariga rezistentlikni aniqlaydigan tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovi 120 ming nafargacha;
tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlarni dori vositalari bilan ta’minlash 18 ming nafargacha yetkaziladi.
2023 yil 1 martgacha:
   tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi bo‘lgan xavf guruhiga mansub shaxslar ro‘yxati tuziladi;
Ftiziatriya kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi. 
"O‘pka salomatligi” mobil brigadasi doirasida olis, chekka, ekologik jihatdan noqulay hududlarda yashovchi aholiga bepul tibbiy ko‘rik doirasida skrining tadbirlari o‘tkaziladi.
Qarorga ko‘ra, tanlov asosida saralab olingan 40 nafargacha ftiziatr va pulmonologlar 2023–2026 yillarda xorijiy tibbiyot markazlarida malaka oshirishga yuboriladi.

Navbahor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sh.Sayfudinov

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.