Nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayoni elektronlashtiriladi

"Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–14-son, 20.01.2023 y.) qabul qilindi
Qaror bilan Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023–2027 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan: 
aholi orasida OIV infeksiyasini faol aniqlash maqsadida 15 ta OITSga qarshi kurash markazlari va ularning 63 ta tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini so‘nggi avlodga mansub diagnostik test-tizimlar (IFA) bilan uzluksiz ta’minlash;
migrantlarni OIV infeksiyasini ixtiyoriy tekshirish bilan qamrab olishni kengaytirish;
OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan uzluksiz ta’minlash;
OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
Qarorga ko‘ra, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo‘yicha majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida;
2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYO organlari va tegishli tibbiyot muassasalari o‘rtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi. 
2023 yil yakunigacha OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini ta’minlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.

Navbahor tuman FHDYO bo‘limi mudirasi Y.Aralova

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.