Qaysi holatlarda YTH statistik hisobotga kiritilmaydi?

Quyidagi holatlarda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar statistik hisobotga kiritilmaydi: 
  atrofi o‘ralgan hududlar, qo‘riqlanadigan va kirish-chiqish ruxsatnoma orqali amalga oshiriladigan tashkilotlarning ichkarisida;
transport vositalari bo‘yicha sport tadbirlari (musobaqalar, mashqlar va hokazolar) o‘tkazilayotgan paytda;
traktor hamda boshqa o‘zi yurar mashina va mexanizmlar uchun mo‘ljallangan asosiy ishlarni bajarish paytida (yer haydash, qazish, g‘aramlash, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini daladan yig‘ish, ortish-tushirish ishlari, trallerga transport vositalari va o‘zi yurar mexanizmlarni ortish-tushirish, ustunlar, tirgovuchlarni o‘rnatish va hokazolar);
qasddan odam o‘ldirishga, ularning sog‘ligi yoki mol-mulkiga zarar yetkazishga (tegishli idoralarning hujjatlari asosida) tajovuz qilinganda;
o‘z joniga suiqasd qilish yoki o‘z harakatiga javob berolmaydigan ruhiy holatda harakat qilinganda;
tabiiy ofatlar vaqtida;
texnika xavfsizligi va transport vositasidan foydalanish qoidalarining buzilishi natijasida (dvigatelni uzatmalar qutisi qo‘shilgan holatda o‘t oldirish, transport vositalarini tirkamalar, qishloq xo‘jalik moslamalari bilan qo‘shish-ajratish paytida va hokazolar);
harakatlanayotgan transport vositalarida ularning texnik sozligiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda portlash, yong‘in chiqqanda;
transport qatnovi uchun jihozlanmagan (daryo o‘zani, tog‘ yon bag‘ri, qir-adir, o‘rmonzor va hokazolar) joylarda;
baxtsiz hodisa yuz berganda (transport vositasining harakatlanishi vaqtida haydovchi yuragining urishdan to‘xtashi, tutqanoq yoki shu toifadagi kasali bo‘lgan odamning yo‘lning qatnov qismiga o‘zini tashlab yuborishi va hokazolar) sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari.
 
Navbahor tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sh.Sayfudinov

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.