Tuhmat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln so‘mdan 18 mln so‘mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.
Agar ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, 60 mln so‘mgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat hisoblanadi va aybdor:
60 mln so‘mdan 120 mln so‘mgacha miqdorda jarima; 
300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi mumkin.
Agarda tuhmat:
 og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab;
og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda;
xavfli residivist tomonidan;
g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa:
90 mln so‘mdan 150 mln so‘mgacha miqdorda jarima;
360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Fayzullayev

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.