Yerlar degradasiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (50-son, 02.02.2023 y.) bilan Yerlar degradasiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
 Nizomga ko‘ra, qishlok xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradasiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish ob’yekti hisoblanadi.
Yerlar degradasiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar "Yer degradasiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.
Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradasiyasi darajasi quyidagicha baholanadi: 
yerning tuzilishi buzilmagan;
antropogen ta’sirda buzilgan; 
degradasiyaga uchramagan; 
kuchsiz degradasiyalangan; 
o‘rta degradasiyalangan; 
kuchli degradasiyalangan; 
o‘ta kuchli degradasiyalangan.
Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradasiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi.
Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.

Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Fayzullayev

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.