VILOYAT RAHBARI "MENGI TEKSTIL"DA

Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov tadbirkorlik sub’yektining faoliyati va rejalashtirilayotgan loyihalar bilan tanishish maqsadida Navbahor tumanidagi "Mengi Tekstil" tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi.

Viloyat rahbari fabrikada bugungi kunda ishsizlarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotshan ishlar va bu yerda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.
Shuningdek, tashrif doirasida yangidan bunyod etilayotgan oyoq kiyim ishlab chiqarish korxonasi qurilishining borishi o‘rganildi hamda mazkur sub’yekt ishga tushirilishida mahalliy aholini ish bilan ta’minlashga e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.