DXM hamda my.gov.uz orqali qo‘shimcha 200 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatish belgilanmoqda

 
DXM hamda my.gov.uz orqali qo‘shimcha 200 ta davlat xizmatlarini ko‘rsatish belgilanmoqda
"2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:
- davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;
- davlat organlari va tashkilotlari tomonidan an’anaviy tarzda ko‘rsatiladigan qo‘shimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatish;
- aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda ko‘rsatish;
- elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) ko‘rsatish.
Loyihada shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.
Navbahor tuman davlat
xizmatlari markazi boshlig‘i Q.Jo‘rayev
Нравится
 
 
Комментировать
 
Поделиться
 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.