NAVBAHORDAGI QISHLOQ XO‘JALIGI LOYIHALARI O‘RGANILDI


Viloyat hokimi Normat Tursunov Navbahor tumanidagi yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar, qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalar bilan tanishishdi.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 25-noyabr kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshirig'iga asosan «Sarmish» hududidan yaylov yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirib, uzumzor tashkil etish uchun tanlab olingan jami 1125 gektar yaylov yer maydonlarida rejalashtirilgan loyihalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda fermerlar viloyat rahbariga o‘zlashtiriladigan yer, ekiladigan ko‘chatlar haqida ma’lumot berishdi. N. Tursunov tanlangan yerning unumdorligi va ushbu ishlarni amalga oshirishda yordam berilishini ta’kidladi.
So‘ng «Navbahor Agro Limon» MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tadbirkor bilan gazda isitiladigan issiqxonalar ko‘mirga o‘tkazilganda qanday samara berishi haqida fikr almashildi.
Все реакции:
Вы и Ilhom Ramozonov

 
 

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.