Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi

Navbahorda Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navoiy viloyat boʻlimi, viloyat IIB, viloyat OITSga qarshi kurashish markazi, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Navbahor tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Navbahor tumanidagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalarining tarqatilishiga qarshi kurash oyligi” doirasida ”Giyohvandlik va OITSsiz kelajak sari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir davomida yoshlarga giyohvandlikning jirkanch illat ekanligi, uning natijasida ayanchli oqibatlar kelib chiqishi, uning oldini olish yoʻllari va saqlanish choralari haqida tushuntirishlar berildi va giyohvandlik kelajak kushandasi nomli videorolik namoish etildi. Shuningdek, OITS kasalligining kelib chiqish oqibatli, salbiy oqibatlari, undan saqlanish uchun amal qilinishi kerak boʻlgan choralar toʻgʻrisida maʼlumotlar aytib oʻtildi. Yoshlarga giyohvandlik va OITSga qarshi kurashish toʻgʻrisida tarqatma materiallar tarqatildi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.