#SAYYOR_QABUL

Bugungi kunda davlatimiz rahbari belgilab bergan vazifalar mohiyatini anglagan, zimmasidagi masʼuliyatni his qilgan mutasaddi borki, oʻzi yoki tashkiloti va aholi oʻrtasida yuzaga kelgan boʻshliqni toʻldirish, xalq bilan yaqin boʻlishga intilib, muloqotning samarali usullaridan foydalanmoqda. 

▶️Asosiy vazifasi xalqqa xizmat qilish, ularni rozi qilish ekanligini oʻylab faoliyat koʻrsatmoqda va bu oʻz samarasini berayotgani sir emas. Odamlarning davlat idoralariga, rahbarlarga ishonchi ortmoqda. Kimga, qanday tartibda murojaat qilish koʻnikmasi shakllanmoqda.

Bugun tuman hokimi boshchiligida 1-sektor binosida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

▶️Qabulda fuqarolarni qabul qilish, murojaatlarini oʻrganib chiqish va hal etish boʻyicha хalq qabulxonasi mudiri, sektor rahbarlari hokim oʻrinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Oʻtkazilgan qabul davomida jami  30 nafardan ortiq fuqarolar turli masalalar boʻyicha murojaat etishdi.

⚡️Jumladan, uy-joylarini kadastr hujjatlari toʻplami va egalik huquqini berish, uy-joylarini taʼmirlashda amaliy yordam berish, imtiyozli bank krediti, moddiy yordam olish, sogʻligini tiklash uchun pul mablagʻi va ishga joylashish kabi masalalarda murojaat qilindi.

🔰Oʻtkazilgan qabulda  tadan ortiq murojaatlar tegishli tartibda joyida hal etilib,  ta murojaat nazorat tartibida hal etishligi uchun tegishli mutassadi rahbarlarga ijrosini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.