DAVLAT IDORALARI XALQ UCHUN !


 

Navbahor tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yil davomida jami 26017 ta xizmat ko’rsatildi. Ushbu ko’rsatilgan xizmatlarning 9739 tasi fuqarolarga olib berilgan Elektron raqamli imzo kalitlari hissasiga to’g’ri keladi.

BundantashqariO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi"Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi182-son qarorigamuvofiqipotekakreditigadavlatsubsidiyasiniolishuchun379 ta,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi "Аvtomobil transportida yoʼlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʼnalishlar boʼyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʼrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi 636-sonqarorigamuvofiqAvtomobiltransportidayo‘lovchilarni o‘zini-o‘zi band qilgan holda tashishga litsenziya olish uchun 588 ta, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi "Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 244-son qaroriga muvofiq bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun 2081 ta bevosita xizmatlar ko‘rsatildi.

Tadbirkorliksub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish buyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan Navbahor tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan 2022-yil davomida jami 448 ta yuridik shaxslar, shu jumladan, 1 ta xorijiy korxona, 77 ta oilaviy korxona, 205 ta mas’uliyati cheklangan jamiyat, 151 ta xususiy korxona, 8 ta fermer xo‘jaligi, 1 ta ishlab chiqarish kooperativi va 5 ta boshqa korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shundan, 19 ta korxona "bo.birdarcha.uz” tizimi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tgan, ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish kiritilganligi sababli 312 ta tadbirkorlik sub’yektlari - yuridik shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi ta’minlanib, 8 ta korxona "bo.birdarcha.uz” tizimi orqali qayta ro‘yxatdan o‘tgan.

Bundan tashqari, 2022-yil davomida 191 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan 19 nafar hunarmand davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 23 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar "bo.birdarcha.uz” tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tgan.

 

Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

E.Fayzullayev


Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.