Ayrim sud ishlarini yuritish ma’muriy organlarga o‘tkaziladi


2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi!

Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz - dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz aytib o‘tganidek, mamlakatimizda sud faoliyatida "Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyani to‘liq ro‘yobga chiqarish, odil sudlov faoliyatini amalga oshirish muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–12-son, 16.01.2023 y.) qabul qilindi

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi faoliyatida 2023 yil

1 sentyabrgacha "Sudlarda prokuror ishtiroki” axborot tizimi sinov tarzida ishga tushiriladi hamda 2024 yildan amaliyotga to‘liq joriy etiladi.

Farmonga ko‘ra, qo‘yidagilar joriy etiladi:

ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlarni ko‘rish vakolati ma’muriy organlarga o‘tkaziladi;

ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar qo‘yi instansiya sudlarining o‘zida yakunlash tartibi belgilanadi.

Ayrim yo‘nalishlarda prokuror nazorati qisqartirilishi, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklari maqbullashtirilishi hamda uning hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari soni ko‘paytirilishi belgilandi.

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari sud binolarida o‘tiradi.

 

 

Navbahor tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh yuriskonsult Hulkar Norova

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.