Yo‘nalishsiz yulovchi tashishda yangi imkoniyatlar

Yo’nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7-iyuldagi "Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo’nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo’shimcha qulayliklar yaratish”to’g’risidagi  PQ-311-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror orqali fuqarolarga keng qulayliklar yaratigan bo’lib taksi faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan fuqarolarimiz 2022 yil 01 sentyabrdan boshlab soliq idoralari tomonidan o’zizni o’zi band qilish orqali yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritildi. Shuningdek o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi. yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;   o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar "Uztrans” axborot tizimi bazasiga kiritilgan ko‘p tarmoqli poliklinikalar va xususiy tibbiyot muassasalari orqali bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart; yo‘nalishsiz taksi faoliyati uchun litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji barcha turdagi tashuvchilardan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi; yo‘nalishsiz taksi xizmati faoliyatiga ruxsat beruvchi litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi; o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarning avtomobil transporti tom qismiga "TAXI” tanish belgili to‘qsariq rangli fonar o‘rnatiladi; boshqa sohalarda mehnat shartnomasiga asosan band bo‘lgan shaxslar bir vaqtning o‘zida yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan holda shug‘ullanishlari mumkin.

Navbahor tumani adliya bo’limi davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi Q.Shamsiddinov
Yo‘nalishsiz yulovchi tashishda yangi imkoniyatlar

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.