“QOG’OZBOZLIK” KAMAYADI

Mamlakatimizda ortiqcha talablar va tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish hisobiga aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan bir paytda, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish darajasi pastligi, mobil telefon orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nomuvofiqligi dolzarb muammolardan bo‘lib kelmoqda.
Elektron shaklda foydalaniladigan davlat xizmatlari salmog‘ini oshirish, davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir tartiblarni soddalashtirish, ayrim toifadagi xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni pasaytirish hamda qonunchilik hujjatlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash orqali fuqarolarning davlat xizmatlari tizimidan qoniqishi darajasini oshirish maqsadida qonunchiligimizga doimiy ravishda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borilmoqda.
Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
1. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan ayrim davlat xizmatlaridan foydalanishda elektron raqamli imzodan foydalanish lozimligiga oid talabini bekor qilish.
2. "Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda "Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovlardan ozod etilishini belgilash. 
3. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilishning muqobil vositasi sifatida shaxsni mobil telefoni orqali identifikatsiya qilishni (Mobil-ID) belgilash.
4. Tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslardan zarurat bo‘lmagan hujjatlar, moddiy-texnika vositalarini mavjud bo‘lishiga va xodimlarga qo‘yilgan ortiqcha talablarni chiqarib tashlash.
5. yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini tartibga soluvchi qonunchilikni o‘zaro muvofiqlashtirish.
Milliy qonunchiligimizga kiritilayotgan bu kabi o’zgarishlar xalqimizni qiynayotgan ko’plab muammolarga yechim bo’ladi va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytiradi. 

Navbahor tumani Adliya bo’limi 
Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi
To’rayev Umidjon Raxmoqulovich
“QOG’OZBOZLIK” KAMAYADI

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.