#TUMAN_KONFERENSIYASI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 310-sonli qarori bilan tasdiqlangan "2022-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish dasturi”ning 16-bandiga asosan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining navbatdagi Qurultoyi hamda hududiy va mahalliy Kengashlarining navbatdagi konferensiyalari oʻtkazilishi belgilangan. Shu asosda joriy yilning 10-oktabr kuni Navbahor tumanidagi 11-sonli musiqa va san‘at maktabining majlislar zalida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashining navbatdagi Konferensiyasi tashkil etildi. 
Ittifoqning hududiy va mahalliy Konferensiyalarini oʻtkazishdan asosiy maqsad o‘tgan davr mobaynida tashkilot tomonidan Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida qabul qilingan qarorlar, tashkilotning maqsad va vazifalarini  amalga oshirishda erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni yechimi yuzasidan o‘zaro fikr almashish, qolaversa tashkilotning istiqbolda amalga oshiradigan rejalarini belgilab olishdan iborat. 
Mazkur konferensiyada Ittifoqning korxona, tashkilotlar, taʻlim muassasalari hamda harbiy qismlardagi boshlangʻich tashkilotlari xisobot saylov yigʻilishlarida saylangan 100 nafar delegatlar, yaʻni tumandagi Ittifoqning boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilari, faol yoshlar, hamkor tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashining 2017-2022-yillar davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan umumiy hisoboti hamda nazorat-taftish komissiyasining hisoboti tinglanib, unda oʻtgan davr mobaynida Kengash tomonidan tashkilotning oʻz oldiga qoʻyilgan ustuvor vazifa va maqsadlarni amalga oshirishda erishgan yutuqlari, amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va bu islohotlarning yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida, qolaversa, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashining umumiy faoliyati yuzasidan konferensiya ishtirokchilarining fikri va navbatdagi vazifalar yuzasidan qizgʻin muhokamalar boʻlib oʻtdi. 
Shuningdek Konferensiyada Ittifoqning Navbahor tuman Kengashining kelajakdagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, yaʻni yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha istiqboldagi rejalarni belgilash, kamida yigirma bir nafar kishidan iborat Kengash yigʻilishi aʻzolari hamda kamida besh kishidan iborat tarkiblarini nazorat-taftish komissiyasini saylash, Kengash raisini saylash kabi faoliyat yoʻnalishini belgilovchi muhim qarorlar qabul qilindi.
Tadbir so‘nggida konferensiya ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.