KEKSALAR HAFTALIGI

#KEKSALAR__OILA___CHIROGI__

2022-yil 7-oktabr kuni Navbahor tuman hokimligi Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi hamda Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda "Bobom, buvim va men kitobxon” aksiyasi doirasida "Keksalar-oila chirogʻi” mavzusida adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirda 1,2 umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilari va 11-son Musiqa va san'at maktabi o'quvchilari tomonidan she'r, qo'shiq va G'ofur G'ulomning "Shum bola" kitobi yuzasidan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.
Bunday tadbirlarni tashkillashtirish yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga egadir.  "Keksalar haftaligi”  yil davomida oʻtkazib boriladi. Uzoq hayot yoʻlini bosib oʻtgan qariyalar holidan xabar olish yosh avlod uchun oʻziga xos ibrat maktabi vazifasini oʻtaydi. Ilohim, keksalarimizning duoga ochilgan qoʻllari aslo tolmasin, duogoʻy otaxonu onaxonlarimiz sogʻ-omon boʻlib, uzoq yillar tinch va farovon yurtda davr-u davron sursinlar!

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.