KITOB VA MUTOLAA HAFTALIGI

2022 yil 6 sentabr kuni Navbahor tuman Axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020 yil 14 dekabrdagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida" gi 781-son qarori ijrosini ta'minlash  hamda yoshlarni mutolaaga kengroq  jalb qilish maqsadida Navbahor kasb-hunar maktabi bilan hamkorlikda "Kitob va mutolaa" haftaligi doirasida "Izlasang topasan-istasang erishasan" mavzusida bilimdonlar o'yini o'tkazildi. Bilimdonlar o'yinida 2 ta jamoa "Barkamol avlod" hamda "Bilimdonlar" jamoalari 4 ta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Bilimdonlar o'yinida "Barkamol avlod" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.