#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz

    O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashi va sardorlar tomonidan korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.

Bugun eng koʻp ishlatilayotgan soʻzlarimizdan 
biri - "korrupsiya”. Ijtimoiy hayotda uning domiga tushib, oyogʻi qoqilayotganlar oz emas. Mamalaktimizda ushbu illatni butkul barham toptirish va ularni sodir etilishini oldini olish yuzasidan koʻplab targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilib, bu borada tegishli qonun hujjatlari qabul qilinayotganligi ham bejizga emas albatta.    
Shuni taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashning ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy qilish maqsadida milliy qonunchilik hujjatlari takomillashtirilib bormoqda va korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik, shaffoflikni taʼminlash orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani ahamiyatli albatta.

Shuni eʼtirof etish lozimki, davlat xizmatchilarining mulkiy deklaratsiyasi tizimi korrupsiyaning oldini olish, noqonuniy boyish va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashning qudratli vositasidir. 
Korrupsiyaga qarshi amaldagi xalqaro standartlar, jumladan, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va boshqa qator huquqiy hujjatlarda davlat xizmatchilari tomonidan aktivlarning eʼlon qilinishi korrupsiyaga qarshi samarali vosita hisoblanadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, qanday soha boʻlishidan qatʼiy nazar oʻz kasbiga halol munosabatda boʻlgan odam hayotda gʻolib boʻlib, baxtli-saodatli yashaydi.
#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz
#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz
#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz
#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz
#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz
#Korrupsiyaga_qarshi_birgalikda_kurashamiz

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.