Navbahor tumani 18-maktabida buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʼishlab "Istadim sayr aylamoqni men gʼazal boʼstonida” deb nomlangan gʼazal kechasi tashkil etildi. Tadbirda Navbahor tumani Maʼnaviyat va maʼrifat boʼlinmasi, tuman hokimligi matbuot xizmati hamda mahallada yashovchi aholi vakillari tashrif buyurdi. Tadbirda g`azalxonlik, kuy-qoʼshiqlar, zakovat intellektual oʼyini hamda Bobur ruboiylaridan parchalar o`qildi.