Munozara

Yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, qat'iy hayotiy pozitsiyaga ega qilib tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyati, notiqlik va liderlik sifatlarini rivojlantirish, o'zgalarning fikrini hurmat bilan qabul qilishga o'rgatish maqsadida  Navbahor tumanidagi 9-maktab kutubxonasida "Munozara" Respublika turnirining Navbahor tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Turnirda 4-ta sektordan tashkil topgan jamoalar qatnashdilar. Munozarali bahslar, jiddiy fikrlar, qarama-qarshi ijobiy raqobat "Munozara" da tinglandi. Ushbu turnirda Navbahorlik yoshlar yetakchilari ham faol qatnashdilar. Turnir so'nggida faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar hamda g'olib jamoalarga O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navbahor tuman Kengashi raisi D.Ubaydullayev tomonidan diplom va faxriy yorliqlar topshirildi. 
Munozara
Munozara
Munozara
Munozara
Munozara
Munozara
Munozara                                                                   

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.