FARZAND TARBIYASI

Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, ma’lum bir oilada dunyoga keladi. Uning

kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy
tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi. Ma’nan
yuksak, go’zal xulqqa ega ota-onalarning farzandlari ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq,
boshqalarning havasini keltiradigan odob-axloq inson ko’rki sanaladi. Go’zal xulq to’g’ri
tarbiyaga daxldordir. Ota-ona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan
haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira
bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi. Darvoqe, otaonalar
farzandlari uchun bu ezgu amallar uchun mezon o’lchovni qayerdan oladi? Bu albatta
muhim bir savol. Javobi esa musulmonlar uchun juda ham oson. Faqat unga amal qilish
qoladi. Bu birinchi navbatda Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan
hukmlar. Odobni to’g’ri shakllantirish uchun eng muhim mezon shu. Ikkinchidan
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislari insonning ma’nan
yuksalishi, ezgulikka intilishi, halolni haromdan farqlay bilishi, inson o’z hayotining
mazmun-mohiyatini anglab olishi uchun nihoyatda muhimdir. Zeroki, Payg’ambarimiz
sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish va unga amal qilishning mukofoti jannat
albatta. Qilinayotgan amallarda insonning ma’naviy qiyofasi, odob-axloqi namoyon
bo’ladi. Bid’atlarga sho’ng’igan kimsa odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtiradi. Bunday
kimsa beadablar sirasiga kiradi. Sunnatga muvofiq yashash esa musulmon kishiga
xotirjamlik, viqor, salobat bag’ishlaydi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir
hadisda: "Sunnatga muvofiq qilingan oz amal bid’at aralashgan ko’p amaldan yaxshidir",
deyiladi.
Musulmon kishining hayot tarzi, insonlararo muomala-munosabati, yurish-turishiga,
kiyinishi, yeb-ichishi va tish tozalash, hatto hojagxonaga kirishi ham barcha-barcha
amallari sunnatga muvofiq bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda ibodatlar, itoatlar
tufayli Allohning rizoligi topiladi. Hazrat Ibn Umar roziyallohu anhu tomonlaridan rivoyat
qilingan bir hadisda: "Salomdan avval so’z boshlamang. Kim salomdan avval so’z
boshlasa, unga javob bermang...", deyiladi. Demak, ikki musulmon uchrashganda eng
avval salomlashishi lozim. Salomlashmasdan so’z boshlash sunnatga muvofiq bo’lmaydi.
Qo’l berib ko’rishish salomlashuvning mukammali ekani ham hadislarda ta’kidlab
o’tilgan.
manba:"Musulmonning odob kitobi"dan.
"Xashman”jome masjidi imom xatibi: Xoliqov Bahodir.
FARZAND TARBIYASI

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.