Manzilimiz
Yopish
  • Manzil: O'zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Boburshoh ko'chasi, 5-uy
  • Pochta indeksi: 210300
  • Ish vaqti: 09:00 - 18:00
  • Fuqarolar arizalarini qabul qilish bo'limining ish vaqti: 09:00 - 18:00
  • Tushlik vaqti: 13:00 - 14:00
  • Aloqa raqami: (+99879) 562-16-04, faks: (0-436) 562-16-04
  • Ishonch telefoni: (0-436) 562-11-84
  • Saytni yuritish bo'yicha mas'ul xodim: Raximov Oxun Mansurovich
  • E-mail: navbahor@nv.uz

XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OLTMISH TO'RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Yangiliklar / Deputatlar faoliyati

Joriy yilning 21-sentyabr kuni Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining navbatdagi oltmish to'rtinchi sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Ismoilov Nuriddin Muydinxonovich, Spiker o'rinbosarlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga asosan 2 ta masala, yaʼni Navbahor tumanida 2023 – 2024-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi hamda Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda "Yashil energiya” resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi masalalar muhokama etildi. Tumanda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali turar joy fondini 2023-2024-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash maqsadida shtab tashkil etilgan. Shtabda tunu-kun ishlaydigan +99879-562-18-94 Ishonch telefoni yoʻlga qoʻyilgan hamda aholi murojaat qilishi va buyurtmalarni qabul qilish uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Koʻp qavatli uy-joy fondi boʻyicha: Koʻp qavatli uy-joy fondini 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash maqsadida 723,0mln soʻm (Respublika byudjetidan 723,0mln.soʻm,)mablagʻlar ajratilishi belgilangan boʻlib, ushbu mablagʻlar evaziga 7ta koʻp qavatli uylarning elektr shitlarini taʼmirlash, 3 ta uyning fasad qismini taʼmirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan koʻp qavatli uylarning tom qismi va tarnovlari joriy taʼmirlandi. Tuman hokimligi tomonidan 20,0 mln.soʻm mablagʻ evaziga kanalizatsiya tizimida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. 11 ta koʻp qavatli uylarga energiya tejamkor lampalar oʻrnatish ishlari yakunlandi. Sessiyada kun tartibidagi ikkinchi masala, Aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 2023-yilda "Yashil energiya” resurslari bilan barqaror taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Jumaboyev axborot berdi. Tumandagi ijtimoiy soha obyektlari va davlat tashkilotlariga 890 kvt quyosh panellari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, 569 kvt quyosh panellari oʻrnatildi va belgilangan reja 63 foizga bajarildi. Tumandagi tadbirkorlik subyektlariga 622 kvt quyosh panellari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, 200 kvt quyosh panellari oʻrnatildi va belgilangan reja 32 foizga bajarildi. Tumandagi aholi xonadonlariga 870 kvt quyosh panellari oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, 301 kvt quyosh panellari oʻrnatildi va belgilangan reja 34 foizga bajarildi. Tuman boʻyicha jami 2382 kvt quyosh panellari oʻrnatish belgilangan boʻlib, amalda 1125 kvt quyosh panellari oʻrnatilib, belgilangan reja 47 foizga bajarildi. Sessiya yakunida ko'rilgan masalalar yuzasidan deputatlar munosabat bildirishib tegishli qarorlar qabul qilindi.                   и ещё 11    
   

Коррупцияга қарши биргаликда курашамиз

Tuman haqida / Yangiliklar

Bugun eng kwp islatilayotgan suzlarimizdan biri - "corruption". Shuni ta zarb zhoizki, murosada corruption kurashning ilgor xalqaro standartlarga qarshi kurashing zhoriy qilish maksadida konun milliy hushjatlari takomillashtirilib va ​​korruptsiya holatlarining xar k anday k o'rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish hizmat qilmoqda. , davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochik oshkoralik, xavfsizlikni ta'minlash orkali davlat boshkaruvida samarali va ta'sirchan nazorat nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan muhim yaratish zarur. Shuni e'tirof etish lozimki, davlat hizmatchilarining mulky declarationsi tizimi corruption zarar olish, nokonuniy boyish va manfaatlar tuknashuvini aniklashning qudratli vositalaridir. Korruption qarshi amaldagi xalqaro standardlar, zhumladan, BMTning Corruption qarshi convention va boshka qator hukqiy hujjjatlarda davlat hizmatchilari tomonidan olib borilgan faollarning elon davolash korruptsiyaga qarshi samarali voshita qilinishi. Khulosa o'rnida shuni aytish zhoizki, qanday soha bwlishidan qatiy Nazar o'z kasbiga hhalol munosabatda bulgan odam hhayotda g'olib bwlib, bahtli-saodatli yashaidi.          

САЙЁР СУД ЎТКАЗИЛДИ.

Tuman haqida / Yangiliklar

ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БЎЙИЧА НАВБАҲОР ТУМАН СУДИ РАИСИ А.САЙДУЛЛАЕВ ТОМОНИДАН 2023 ЙИЛ 15 СЕНТЯБРЬ КУНИ НАВБАҲОР ТУМАНИДАГИ 11-СОНЛИ МУСИҚА МАКТАБИДА САЙЁР СУД ЎТКАЗИЛДИ. САЙЁР СУДДА ВОЯГА ЕТМАГАН ЁКИ МЕҲНАТГА ЛАЁҚАТСИЗ ШАХСЛАРНИ МОДДИЙ ТАЪМИНЛАШДАН БЎЙИН ТОВЛАШ БИЛАН БОҒЛИҚ 4 ТА МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИК ТЎҒРИСИДАГИ ИШ КЎРИБ ТАМОМЛАНГАН БЎЛИБ, ШУЛАРДАН 2 ИШ БЎЙИЧА ҲУҚУҚБУЗАРЛАРГА НИСБАТАН МАЪМУРИЙ ҚАМОҚ ЖАЗОСИ ҲАМДА 2 ТА ИШ БЎЙИЧА ҲУҚУҚБУЗАРЛИКНИНГ ОҚИБАТЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛГАНЛИГИ САБАБЛИ ИШ ЮРИТИШ ТУГАТИЛГАН      

"Tashabbus byudjet" loyihasining joriy yil uchun 2-mavsumi nihoyasiga yetdi.

Tuman haqida / Yangiliklar

Unda Navbahor tumanidan taklif qilingan quyidagi loyihalar eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘oliblar qatoridan joy olishdi: - 9-umumiy orta talim maktabining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va quyosh panellari ornatish; - Tuman Tibbiyot birlashmasiga quyosh panellari ornatish; - 23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va quyosh panellari ornatish; - 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-texnika bazasini yaxshilash va quyosh panellari ornatish; - 2-sonli sport maktabiga suniy qoplamali futbol maydonchasi, hojatxona, ko`mirxona qurish; Ma’lumot uchun: ushbu mavsum loyihalari uchun tuman byudjetidan 5 milliard 395 million 035 ming 013 so‘m mablag‘ ajratilgan. ——————————— "Ташаббус бюджет" лойиҳасининг жорий йил учун 2-мавсуми ниҳоясига етди. Унда Навбаҳор туманидан таклиф қилинган қуйидаги лойиҳалар энг кўп овоз тўплаб, ғолиблар қаторидан жой олишди: - 9-умумий ўрта таълим мактабининг моддий-техника базасини яхшилаш ва қуёш панеллари урнатиш; - Туман Тиббиёт бирлашмасига қуёш панеллари ўрнатиш; - 23-умумий ўрта таълим мактабининг моддий-техника базасини яхшилаш ва қуёш панеллари урнатиш; - 28-умумий ўрта таълим мактабининг моддий-техника базасини яхшилаш ва қуёш панеллари урнатиш; - 2-сон спорт мактабига сунъий қопламали футбол майдончаси, ҳожатхона, кўмирхона қуриш; Маълумот учун: ушбу мавсум лойиҳалари учун туман бюджетидан 5 миллиард 367 миллион 652 минг 933 сўм маблағ ажратилган.      
 

BO'LIMLAR