Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningqarori

Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningqarori

 

Mamlakatimizda statistika maʼlumotlarining sifati va ishonchliligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, boʻlib oʻtayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni, jumladan, xalqaro tashkilotlarning maxsus nashrlari va maʼlumotlar bazalarida xolis va ishonchli aks ettirishni taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, statistika maʼlumotlari sifatini yana-da yaxshilash, statistika koʻrsatkichlarining toʻlaqonli maʼlumot bazalarini yaratish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sohalarda statistikaning zamonaviy usullarini joriy etish zarurati mavjud.

Milliy statistika tizimini takomillashtirish, davlat statistika organlarining mustaqilligini taʼminlash, statistika maʼlumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirish, shuningdek,2017-2021yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:

  1. Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini takomillashtirishningquyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilansin:

statistika organlarini talab yuqori boʻlgan, sifatli va ishonchli maʼlumotlarni shakllantirishga, statistika maʼlumotlarining shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan professional mustaqil xizmatga aylantirish;

statistika sohasida yagona siyosatni amalga oshirishga qaratilgan vakolat va majburiyatlarni mustahkamlash orqali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashining toʻliq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;

ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda statistika axborotlarini yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish, nashr etish va saqlash boʻyicha yaxlit tizimni tashkil etish;

rasmiy statistikani ishlab chiqarish, tarqatish va muvofiqlashtirish maqsadida mamlakatning butun milliy statistika tizimi doirasida qoʻllaniladigan uslubiy asoslar va boshqaruv tamoyillarini takomillashtirish;

idoraviy maʼlumotlar bazalarini yagona maʼlumotlarni boshqarish tizimiga integratsiya qilish orqali kuzatuvlarni bosqichma-bosqich optimallashtirish va respondentlardan hisobot topshirish yukini kamaytirish, shuningdek, roʻyxatga olish ishlarini oʻtkazish va yalpi statistika hisobotlarini tanlanma kuzatuvlar bilan almashtirish hisobiga statistikani shakllantirish tizimini takomillashtirish;

statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlik siyosatini yoʻlga qoʻyish va mavjud statistika maʼlumotlari toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish orqali foydalanuvchilarning statistika axborotlariga boʻlgan ishonchini oshirish;

davlat statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik qoʻllab-quvvatlashni yana-da yaxshilash, xodimlarning samarali ishlashi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining samarali joriy etilishi hisobiga hududiy statistika organlari tuzilmalari va ularning vazifalarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish;

davlat statistika organlari xodimlarining kasbiy darajasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni olib borish hamda kelgusida amaliyotda qoʻllash uchun ilgʻor statistika usullari va texnologiyalari, shu jumladan, ochiq maʼlumotlar sohasida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish.

  1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

Davlat statistika qoʻmitasi rasmiy statistikani shakllantirish bilan bogʻliq oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi;

statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, rasmiy statistika hisobotlari va kuzatuvlarini oʻtkazish hamda ularni nashr qilish va eʼlon qilish jarayonlarigahar qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan statistika maʼlumotlarirasmiy statistika axboroti sifatida eʼlon qilinadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda – hududiy boshqarmalar), shuningdek, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlarimahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildirlarva bevosita Davlat statistika qoʻmitasiga boʻysunadi;

hududiy boshqarmalar boshliqlari Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan, tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari boshliqlari hududiy boshqarmalar boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Davlat statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

  1. Davlat statistika qoʻmitasiga quyidagi huquqlar berilsin:

boshqa rasmiy statistika ishlab chiqaruvchilarning statistika metodologiyalarini xalqarostandartlarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazishva audit natijalariga koʻra, vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;

kuzatuvlarni oʻtkazish, rasmiy statistika materiallarini shakllantirish va tahlillarni amalga oshirish maqsadidavazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan oʻzaro elektron bogʻlanish.

Bunda, vazirlik va idoralar rahbarlari Davlat statistika qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasidagi soʻroviga muvofiq oʻzlarining axborot tizimlariga kirish va undan erkin foydalanishni taʼminlash uchun shaxsan javobgardirlar.

  1. Quyidagilar:

Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan2020-2025yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi(keyingi oʻrinlarda – Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;

2020-2025yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda – "Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagiStatistika kengashiningtarkibi 3-ilovaga muvofiq;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Vazirlar Mahkamasi (J.A.Qoʻchqorov):

Strategiya va "Yoʻl xaritasi”ning toʻliq bajarilishini tashkil qilsin, belgilangan vazifalar bajarilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatsin;

bir oy muddatdaStrategiyaning yoʻnalishlari boʻyicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishi uchun masʼul boʻlgan manfaatdor vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislaridan iborattarmoq ishchi guruhlarinishakllantirsin;

Strategiya va "Yoʻl xaritasi”ning ijrosini taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida, sifatli tayyorlanishi va belgilangan tartibda kiritib borilishini taʼminlasin;

Strategiyaning ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirishda Jahon banki bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻysin hamda ularning ijrosi uchun Jahon banki tomonidan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan monitoring oʻrnatsin;

Strategiya va "Yoʻl xaritasi”ning ijro holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yillik axborotlarning taqdim etib borilishini taʼminlasin.

  1. Davlat statistika qoʻmitasi huzurida oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchimaslahat-kengash organi hisoblanadigan Jamoatchilik kengashifaoliyat yuritishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Jamoatchilik kengashiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:

Davlat statistika qoʻmitasining faoliyatini takomillashtirishboʻyicha takliflarni va foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

statistika maʼlumotlariningshaffofligi, oshkoraligi va qulayliginioshirishni taʼminlash;

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidandolzarb, sifatli va ishonchlistatistikaning shakllantirilishiga koʻmaklashish;

mavjud statistika maʼlumotlari haqidajamoatchilikning xabardorliginihamda ularningstatistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonchini oshirishuchun foydalanuvchilar bilan yaqindan aloqa oʻrnatish.

  1. Davlat statistika qoʻmitasi:

Jamoatchilik kengashi faoliyatiga nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillarini, milliy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili1-dekabrgaqadar mamlakatda milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ishonchliligi va toʻliqligini inobatga olgan holda Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqsin va Jamoatchilik kengashiga kelishish uchun taqdim etib borsin;

har yili1-oktyabrga qadarDavlat statistika ishlari dasturining bajarilishi natijalari va statistika sohasida metodologiyani takomillashtirish hamda ishlarni tashkil etish borasida olib borilayotgan faoliyat samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotning Statistika kengashiga kiritib borilishini taʼminlasin.

  1. Davlat statistika qoʻmitasiga roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun 65 ta qoʻshimcha shtat birligi, shu jumladan:

markaziy apparat uchun – 17 ta shtat birligi;

hududiy boshqarmalar uchun – jami 48 ta shtat birligi ajratilsin.

Bunda, Davlat statistika qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlari cheklangan sonini oshirish davlat soliq xizmati organlari xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.

  1. Mazkur qarorning 5-ilovasiga muvofiq roʻyxat boʻyicha vazirlik va idoralar bir oy muddatda xodimlarning cheklangan umumiy soni doirasida idoraviy statistika maʼlumotlarini shakllantirish va Davlat statistika qoʻmitasi bilan axborot almashinuvini taʼminlashga ixtisoslashtirilgan boʻlimni tashkil etsin.
  2. Moliya vazirligi:

Davlat statistika ishlari dasturini amalga oshirish uchun mablagʻ ajratishda foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda Statistika kengashi va Jamoatchilik kengashi tomonidan shakllantirilgan takliflarni inobatga olsin;

2020-yilda ushbu qarorni amalga oshirish doirasidagi sarf-xarajatlar uchun Davlat byudjeti parametrlari doirasida zarur mablagʻlarni ajratsin va 2021-yildan boshlab har yili zarur byudjet mablagʻlarini nazarda tutsin.

  1. Davlat statistika qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

statistika ishlab chiqaruvchilarningstatistika metodologiyalarini auditdanoʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Statistika kengashi tarkibi toʻgʻrisida”gi F-1838-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
  3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A.Gulyamov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 3-avgust

 

Navbahor tuman statistika bo`limi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiningqarori

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.