Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik

#Navbahor tumani
#9-maktab
#Yozni kamalak bilan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida  shunday deydi: "Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”. O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
 "Yozni "Kamalak" bilan" loyihasi doirasida, "Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik”, "O'zbekiston islom madaniyati markazi"  mavzularida Mirzo Ulug'bek MFY binosida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Navbahor tuman bosh imom xatibi F.Toshev, 9-maktab yoshlar yetakchisi J.Maxamatov, Mirzo Ulug'bek MFY raisi Yu.To'rayev, Mirzo Ulug'bek MFY oila, xotin-qizlar va ma'naviy-marifiy ishlar bo'yicha rais o'rinbosari D.Safarova hamda "Kamalak" sardorlari va ota-onalar ishtirok etdilar. Davra suhbatini tuman bosh imom xatibi ochib berib, yurtimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar teng huquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat olib  borayotganligi, shuningdek yurtimizda diniy ekstremizm va murosasizlikka qarshi mafkuraviy kurashning muhim omili sifatida yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish ekani qayd etildi hamda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘llari, imkoniyatlari va bu boradagi ustivor vazifalar yoritib berildi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo‘lmagani kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik ham bo‘lmaydi, deb ta’kidlandi.
Yoshlarga tinchlik va bag‘rikenglikning ulug‘ ne’mat ekani, uni qadriga yetish, jamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni berish, ularda O‘zbekistonning madaniy rangbarangligi, yurtimizdagi millat va elatlarning urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, shuningdek, ana shu madaniy turfaxillikni asrab-avaylash kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlab o‘tildi.
Yoshlar yetakchisi tomonidan o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini yoz mavsumida mazmunli o'tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgani, vaqtlarini besamar o'tkazmasliklarini, internetdan faqatgina unumli foydalanishlari va har xil saytlarga kirib ketmasliklari, ko'chalarda yurish-turishlari, odobi-axloqi to'g'risida o'z fikrlarini aytib o'tdi.
Mirzo Ulug'bek MFY raisi va o'rinbosari ham o'quvchi-yoshlarni kamol topishlarida faqatgina bilim, ilm olishlari, yurtimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, sharoitlar to'g'risida gapirib o'tdilar. Davra suhbati so'nggida tuman bosh imom xatibi fotiha duo o'qib, o'quvchi-yoshlarga ajoyib ezgu tilaklarini bildirib suhbatni yakunladilar.   
Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik
Milliy va diniy bag‘rikenglik – millatlararo totuvlik                                   

Агарда Сиз мақолада хатони учратган бўлсангиз, унда хато матнни белгилаб, CTRL + ENTER тугмасини босинг ва сайт маъмурига хабарнома жўнатинг.